Jahon | 16:16 / 12.07.2016
3985
1 daqiqa o‘qiladi

Italiyada ikki poyezd to‘qnashib ketishi tufayli kamida 10 kishi halok bo‘ldi

Foto: La Repubblica

Italiyada ikki yo‘lovchi poyezdi to‘qnashib ketdi. Bu haqda La Repubblica xabar tarqatgan.

Qayd etilishicha, to‘qnashuv oqibatida kamida 10 kishi halok bo‘lgan va o‘nlab kishilar jarohatlangan.

Aniqlik kiritilishicha, ushbu hodisa Bari viloyati hududida ro‘y bergan.

Ayni vaqtda voqea tafsilotlari o‘rganilmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish