19:24 / 12.07.2016
4641

Qirg‘izistonda iyul oyida 16-marta zilzila ro‘y berdi

Foto: © AFP

Bugun Qirg‘iziston hududida 4 balli zilzila qayd etildi. Bu haqda Qirg‘iziston respublikasi fanlar akademiyasi qoshidagi Seysmologiya instituti ma'lum qildi.

Seysmologlarning ma'lumotiga ko‘ra, zilzila o‘chog‘i Kunga Ala-tov va Zaliyskiya Ala-Tov tizmalari oralig‘ida, Olmaota shahridan 50 km janubi-sharqda, Ananevo qishlog‘idan 35 km masofada joylashgan.

Zilzila Ananevoda 3 ball, Olmaotada 2,5 ball kuch bilan sezilgan.

Ma'lum qilinishicha, bugungisi bilan qo‘shib hisoblaganda iyul oyi boshidan buyon Qirg‘izistonda 16 marta yer silkinishi kuzatildi.

Top