Light | 16:19 / 12.07.2016
11494
2 daqiqa o‘qiladi

Organizmdagi suv tanqisligi ortiqcha vazn to‘plashga sabab bo‘luvchi omil sifatida tan olindi

Michigan universiteti olimlari yetarlicha suv ichmaslik ortiqcha vazn yig‘ishga sabab bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatuvchi yangi ma'lumotlarga ega bo‘lishdi. Bu esa ichimlik suvi semizlik bilan kurashishda yordam berishi mumkinligi to‘g‘risidagi fikrni qo‘llab-quvvatlaydi. Mazkur mavzuga bag‘ishlangan maqolaning matbuot relizi EurekAlert saytida chop etilgan

Mazkur izlanish mualliflari Nutrition Examination Survey kohorta tadqiqotida ishtirok etuvchi 9528 nafar kishining ma'lumotlarini o‘rganib chiqishdi. Tana massasining yuqori indeksi organizmning yetarlicha gidratlashmasligi bilan bog‘liq. 18 yoshdan 64 yoshgacha bo‘lgan tadqiqot ishtirokchilarining taxminan uchdan bir qismi kam suv ichgan. Ularning natijalari semizlik va tanani yetarlicha suv bilan ta'minlamaslik o‘rtasidagi sababli bog‘lanishni ko‘rsatmaydi, chunki ular bir martalik tadqiqotlarga asoslangan.

Olimlar organizmni yetarlicha gidratlashtirish uchun ko‘proq mevalar, sabzavotlar kabi tarkibida suv bo‘lgan mahsulotlarni iste'mol qilishni tavsiya qilishadi. Biroq ular organizmni suv bilan ta'minlash haqiqatda vaznning kamayishiga olib keladimi yoki yo‘q - buni aniqlash uchun izlanishni davom ettirish kerakligini ta'kidlashmoqda.