Sport | 11:13 / 12.07.2016
15013
1 daqiqa o‘qiladi

Ronalduning opasi uning Yevro-2016 finalida jarohat olishini Iso Masihning iztirobiga tenglashtirdi

Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronalduning opasi Katya Aveyru Yevro-2016 finalida Fransiyaga qarshi o‘yinga izoh bera turib, hissiyotga berilishdan tiyila olmadi. U o‘z ukasi jarohat tufayli o‘yinning birinchi bo‘limida safdan chiqqaniga shunday munosabat bildirgan.

«Men ukamning joni qiynalayotganini ko‘rib, ko‘z yosh to‘kdim. Ikkimiz ham bu darddan azob chekdik. Xudo buyuk. Iso Masih boshqa odamlar baxtiyor bo‘lishi uchun azob chekkani kabi mening akam ham shunday og‘riqlarni boshdan kechirdi.

Krishtianu maydonda jamoadoshlariga yordam bera olmadi. Lekin Xudo adolatli va Portugaliyaga omad kulib borqdi. Orzuimizga erishdik va chempion bo‘ldik», — deb yozgan Aveyru «Instagram»dagi sahifasida.