21:41 / 12.07.2016
25454

Toshkentda yana bir masjid qurilishi boshlandi

Toshkent shahar hokimligining  2016 yil 1 fevraldagi qaroriga asosan Mirzo Ulug‘bek tumanidagi “Oltintepa” jome' masjidining yangi binosi qurilishi boshlandi.

Masjid qurilishi “Avayxon” ko‘chasida ajratilgan yer maydonida shaharsozlik me'yorlari va qoidalariga muvofiq olib borilmoqda. 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi tashabbusi bilan bunyod etilayotgan mazkur masjid uchun tayyorlangan loyihaga ko‘ra, masjid hashamatli, namozxonlar uchun juda qulay va shinam bo‘lishiga alohida e'tibor qaratilgan. 

Qurilish ishlariga eng mohir usta va muhandislar jalb etilgan. Quruvchilar o‘z mahoratlarini ko‘rsatib, bor kuch-g‘ayrat bilan mehnat qilishmoqda.

Top