Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Davlat departamentida Kerrining Moskvaga tashrifidan maqsad nima ekanligini ma'lum qilindi
AQSh Davlat kotibi Jon Kerri Moskvaga tashrifi davomida Suriyadagi ixtilofni tartibga solishga "turli yondashuvlarni" muhokama qilmoqchi, deb ma'lum qildi Davlat departamentining rasmiy vakili Jon Kirbi.
"Biz Suriyada o‘zimiz istagan tinchlik va xavfsizlik darajasiga erisha olmadik. Biz ba'zi variantlarni taklif qildik va Davlat kotibi bu va Rossiyada yaxshi natijalarga erishish uchun rejada bo‘lgan g‘oyalarni Rossiya rahbariyati bilan muhokama qilishga umid qilmoqda", deb aytdi Kirbi matbuot-anjumanida.
Kirbining aytishicha, ixtilofni tartibga solishning barcha "vositalari" mavjud va BMT Xavfsizlik kengashi rezolyutsiyalarida ifoda etilgan, yagona muammo bu me'yorlarning qanday bajaralishidan iborat. Shu munosabat bilan Davlat departamenti vakili yana bir marotaba Suriya rahbariyatini "o‘z xalqi ustidan zo‘ravonlik qilishda" aybladi.
"Rossiya Suriya hukumatining harakatlarini nazorat qilish va Suriya uchun ijobiyroq natijalarga erishishga urinishlar borasida yanada mahsulroq, mazmunliroq va foydali rol o‘ynashi mumkin. Bu bizning Moskvaga borishimizning asosiy sabablaridan biri", deb aytdi Kirbi.
Kirbining ta'kidlashicha, Vashingtonda Suriyadagi ixtilofni tartibga solish bo‘yicha ikki davlatning pozitsiyalari bir-biridan yiroq deb hisoblanmaydi.
Eslatib o‘tamiz, Kerri Moskvaga 14-15 iyul kunlari tashrif buyuradi. Tashrif davomida Kerrining Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan uchrashuvi belgilangan. Shuningdek, Kerri Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan ham uchrashishi mumkin.