19:11 / 13.07.2016
7126

Epic fail! Avstriyalik futbolchi YeChL saralash uchrashuvida boshqa jamoa libosida maydonga tushib ketdi (Foto)

Avstriyaning «Red Bull Zaltsburg» jamoasi himoyachisi Andreas Ulmer Yevropa chempionlar ligasi saralash bosqichi doirasida Latviyaning «Liyepaya» jamoasiga qarshi uchrashuvda noodatiy holat tufayli kameralar nigohiga tushib qoldi.

Ulmer maydonga bundesliga vakili «RB Leyptsig» jamoasi libosida tushib ketgan.

Qayd etish kerakki, «Red Bull Zaltsburg» ham, «RB Leyptsig» klubi ham «Red Bull» konserniga tegishli hisoblanadi.

 

Top