Jahon | 22:23 / 13.07.2016
7465
2 daqiqa o‘qiladi

Minsk milliy aeroportida ikkita samolyot to‘qnashib ketdi

Foto: © instagram.com

Minsk milliy aeroportida ikkita – yuk va yo‘lovchi samolyotlari to‘qnashib ketdi. Jabrlanganlar bo‘lmagan. Bu haqda "Belavia" kompaniyasi matbuot xizmati ma'lum qildi.

"Ikkita samolyot to‘qnashib ketdi, tekshiruv o‘tkazilmoqda. Samolyotlar bortida yo‘lovchilar bo‘lmagan", deb ma'lum qilindi kompaniyada.

Guvohlarning ma'lum qilishicha, samolyotlar Minskda kunning ikkinchi yarmida sodir bo‘lgan chaqmoq bilan kechgan jalali yomg‘ir sababli to‘qnashib ketgan.  

Aeroport saytida ta'kidlanishicha, "kuchli shamol va jalali yomg‘ir oqibatida aeroport hududida bo‘lgan tashrif buyuruvchilar, yo‘lovchilar va xodimlardan hech kim jabrlanmagan". Aeroport ishchi tartibda ishini davomi ettirmoqda.  

"Aeroport ishchi tartibda ishlamoqda", deb ma'lum qilindi matbuot xizmatida hamda Tel-Aviv va Larnakidan kelayotgan samolyotlar Gomel aeroportiga jo‘natilgani, Amsterdamdan kelayotgan samolyot esa Vilnyusga ketgani aytildi.