Jahon | 14:03 / 13.07.2016
3962
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiya va Turkiya iqtisodiyot vazirlarining uchrashuvi Moskvada bo‘lib o‘tadi

Rossiya Federatsiyasi iqtisodiy taraqqiyot vaziri Aleksey Ulyukayev 27 iyul kuni Turkiya iqtisodiyot vaziri Nixat Zeybekchi bilan Moskvada uchrashadi. Bu haqda Rossiya iqtisodiy taraqqiyot vazirligi xabar bermoqda.

"Uchrashuv 27 iyul kuni Moskvada belgilangan. Hozircha bor xabar shu", - dedi vazirlik vakili.

Avvalroq Rossiya Federatsiyasi iqtisodiy taraqqiyot vaziri Aleksey Ulyukayevning birinchi o‘rinbosari Rossiya va Turkiya energetika va iqtisodiy taraqqiyot vazirlari uchrashuvi iyul oyi oxirida bo‘lib o‘tadi, deb xabar bergan edi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish