Jamiyat | 23:27 / 13.07.2016
8057
1 daqiqa o‘qiladi
Valuyev “Xayrli tun, bolajonlar” ko‘rsatuvining boshlovchisi bo‘ldi
Sobiq bokschi, davlat dumasi deputati Nikolay Valuyev bolalarning “Xayrli tun, bolajonlar” ko‘rsatuvi boshlovchisi bo‘lganligini ma'lum qildi. U bu haqda o‘z instagramida xabar bergan.
«Men bolaligimda o‘zimning sevimli ko‘rsatuvimda boshlovchi bo‘lishni orzu ham qilmaganman. Xullas, xayrli tun, bolajonlar!», — deb yozadi u.
“Xayrli tun, bolajonlar” maktabgacha bo‘lgan va kichik maktab yoshidagi bolalar uchun atalgan sovet va rus ko‘rsatuvi. Ko‘rsatuv 1964 yilning 1 sentabridan efirga uzatib kelinadi.