20:08 / 14.07.2016
7512

Yaponiyalik olimlar tanasi mushaklar bilan qoplangan robotni ixtiro etishdi

Foto: Videodan olingan kadr

Yaponiyalik olimlar inson mushaklari ustida ish olib borib, sun'iy mushaklardan tashkil topgan va robotlashtirilgan skeletni taqdim etishdi.

Mushaklar skelet modeli ustida huddi inson tanasidagi mushaklar singari qoplantirildi. Robot yura oladi, bosh chanog‘ini qimirlatadi va boshqa harakatlarni ham amalga oshiradi. Mutaxassislarning fikricha, ushbu yangilikni mukammallashtirish uchun uning ustida bir qancha ish olib borish kerak.

Top