Jahon | 15:02 / 14.07.2016
11151
1 daqiqa o‘qiladi

Atambayev Merkelga YeI bilan yaqinlashishni istashi haqida aytdi

Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev Germaniya kansleri Angela Merkel bilan uchrashuv vaqtida Yevropa Ittifoqi bilan yaqinlashuvni istashi haqida aytib o‘tgan. Bu haqda Ria Novosti agentligi xabar tarqatgan.

"Qirg‘iziston YeI bilan hamkorlikni faollashtirishi zarur. Men ittifoqning Qozog‘iston bilan tuzgan shartnomalari Qirg‘iziston bilan ham tuzilishiga juda umid qilaman", degan Atambayev.

Merkel bu jarayonni qo‘llab-quvvatlashini qayd etib o‘tgan.

Bundan oldinroq, Merkel xonim Qirg‘izistondagi safari davomida Atambayev bilan tor doiradagi uchrashuv boshlagani haqida xabar qilingandi.