07:00 / 14.07.2016
4777

Buyuk Britaniya hukumatida yangi Brexit vazirligi paydo bo‘ldi

Buyuk Britaniya hukumatida mamlakatning Yevropa Ittifoqidan chiqishi masalalari bilan shug‘ullanadigan yangi Brexit vazirligi paydo bo‘ldi, unga Devid Devis boshchilik qiladi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.

Avvalroq Buyuk Britaniyaning yangi bosh vaziri Tereza Mey o‘z vazirlar mahkamasini shakllantirgani ma'lum qilingandi. Unda tashqi ishlar vaziri Londonning sobiq meri Boris Jonson, sobiq tashqi ishlar vaziri Filip Xammond esa moliya vaziri bo‘ldi.

Mudofaa vaziri lavozimini Maykl Fellon o‘zida saqlab qoldi, ichki ishlar vazirligini  esa Tereza Meydan keyin yana ayol kishi, bungacha energetika va iqlim o‘zgarishlari muammolari vaziri bo‘lgan Amber Radd egalladi.

Top