Buyuk Britaniyaning yangi bosh vaziri Tereza Mey biografiyasi
Buyuk Britaniyaning yangi bosh vaziri Tereza Mey (Theresa May) 1956 yil 1 otkyabrda Buyuk Britaniyaning Susseks grafligidagi Istborn shahrida ingliz ruhoniysi oilasida tavallud topgan.
Boshlang‘ich ta'limni davlat va xususiy maktablarda olgan.
Oksford universitetining Avliyo Xyu kollejini tamomlagan, u yerda geografiyadan saboq olgan.
Mehnat faoliyatini Angliya bankida boshlagan, so‘ngra APACS kliring kompaniyasida ishlagan.
1986-1994 yillarda Londonning Merton tumani kengashida ishlagan.
1997 yilda Meydenxed okrugidan parlamentga saylangan.
1999-2010 yillarda konservatorlar mahkamasida turli lavozimlarni egallagan.
Mey 2002 yildan 2003 yilgacha Konservativ partiya raisi lavozimini egallagan va partiya tarixida birinchi ayol yetakchi bo‘lgan.
Konservatorlarning 2010 yil may oyidagi g‘alabasidan keyin ichki ishlar vaziri etib tayinlangan. Bir vaqtda 2010-2012 yillarda ayollar ishlari va teng imkoniyatlar vaziri lavozimini egallagan.
2016 yil 11 iyulda Mey Konservativ partiya yetakchisi lavozimiga tasdiqlangan.
13 iyulda Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II Meyni mamlakat bosh vaziri etib tayinladi.
Tereza Mey bankir Filipp Mey bilan turmush qurgan, farzandlari yo‘q.