01:02 / 14.07.2016
4444

Filipp Xammond Buyuk Britaniyaning yangi moliya vaziri bo‘ldi

Buyuk Britaniya moliya vaziri Jorj Osborn ite'foga chiqishga ariza berdi va hukumatni tark etdi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.

Uning o‘rnini mamlakatning sobiq tashqi ishlar vaziri Filipp Xammond egalladi. Uni bu lavozimga mamlakatning yangi bosh vaziri Tereza Mey tayinladi.

Osborn moliya vazirligini 2010 yildan beri boshqarib kelgan va mamlakat YeIdan chiqishi bo‘yicha referendumning o‘tkazilishigacha bosh vazir lavozimiga nomzod hisoblangan. U Brexit’ga qarshi kampaniya yetakchisi bo‘lgan.

Top