20:40 / 14.07.2016
4793

Konte rasman «Chelsi» bosh murabbiyi sifatida tanishtirildi

Bugun, 14 iyul kuni Antonio Konteni «Chelsi» bosh murabbiyi sifatida tanishtirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Italiyalik ushbu murabbiy londonliklar jamoasida keying 3 yil davomida faoliyat ko‘rsatadi. Unga 3 yillik shartnoma bo‘yicha 20 mln yevro maosh to‘lanadi.

Konte «Chelsi»ni boshqargan beshinchi italiyalik mutaxassisga aylandi. Oldin jamoani Janluka Vialli, Klaudio Raneri, Karlo Anchelotti va Roberto Di Matteo boshqarib borgandi.

Konte o‘z faoliyatini B seriyada «Bari» bilan chempion bo‘lish orqali boshlagan. Keyinroq u «Yuventus» bilan A seriyada 3 marta g‘olib chiqib, Italiya superkubogini 2 marta qo‘lga kiritgandi.

Konte «Chelsi»dagi ilk mashg‘ulotini o‘tkazdi

Top