Merkel Qirg‘izistonga rasmiy tashrif bilan keldi
Germaniya kansleri Angela Merkel 13 iyulda Qirg‘izistonga rasmiy tashrif bilan keldi, deb xabar bermoqda Qirg‘iziston prezidenti matbuot xizmati xodimlariga iqtibos keltirgan holda RIA “Novosti” axborot agentligi.
"Germaniya federal kansleri Angela Merkel Qirg‘izistonga rasmiy tashrif bilan keldi. Manas xalqaro aeroportida Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayevning Germaniya kansleri Angela Merkelni kutib olish rasmiy marosimi bo‘lib o‘tdi", deyildi matbuot-xizmatida.
Ta'kidlanishicha, marosim davomida flagshtoklarda ikki davlat davlat bayroqlari ko‘tarilgan.
Bu tashrif Merkelning Qirg‘izistonga birinchi rasmiy tashrifi bo‘ladi. Tashrif davomida Merkel va Atambayev Qirg‘iziston va Germaniya o‘rtasidagi hamkorlikni yanada chuqurlashtirishning istiqbollari bilan bog‘liq masalalarni muhokama qiladilar hamda xalqaro va hududiy kun tartibidagi dolzarb masalalar bo‘yicha fikr almashadilar.