21:00 / 14.07.2016
6934

Raneri «Lester» oldiga yangi mavsum arafasida qanday vazifa qo‘yilgani haqida ma'lum qildi

«Lester» bosh murabbiyi Klaudio Raneri o‘tgan mavsumdagi ertakni yana davom ettirmoqchi ko‘rinadi. U jamoaning bu yilgi maqsadi ham 40 ochko to‘plash ekanini ta'kidladi.

«Keyingi mavsumdagi maqsadimiz? 40 ochko to‘plash. Keyin yuqoriroq ko‘tarilish, chempionlar ligasi va o‘shandan keyin navbatdagi chempionlik haqida o‘ylasak bo‘ladi.

Bosim? Yo‘q, hech qanday bosim his qilganimiz yo‘q. APLga yangi futbolchilar, yangi murabbiylar kelishdi. Ular bosim his qilishi kerak. Biz shunchaki o‘z kuchimizni ko‘rsatamiz.

Kante? Unga shartnoma taklif qilganmiz. Bir qator jamoalar uni o‘z safida ko‘rmoqchi. Hammasi o‘z qo‘lida»,- deydi murrabbiy.

Manba: Tribuna.uz

Top