20:44 / 14.07.2016
5110

Superbook smartfonni noutbukka aylantirish imkonini taqdim etdi

Google image

Superbook kompaniyasi bir necha yillardan beri portativ va qulay platformali smartfon ustida mehnat qilmoqda. Ilk bor 2011 yilda Motorola o‘zining Atrix 2 stansiyasi, undan so‘ng esa Asus va HP Elite x3 lar ham chiqdi. 

Superbook — bu hajmi 11,6 dyuymli platforma bo‘lib, ko‘rinishidan noutbukni eslatib yuboradi. Unga Android tizimidagi ko‘plab smartfonlarni ulash mumkin. Faqat ularda micro-USB yoki USB-C bo‘lishi kerak. Uning quvvati ish vaqtida 8 soatga yetadi. Bundan tashqari, uni smartfon ulangan vaqtida undan quvvatlantirish ham mumkin. Platformadan noutbuk sifatida foydalanish uchun unga Andromium OS dasturini yuklab olish kerak bo‘ladi.

Uni ixtiro qilganlarning so‘zlariga ko‘ra, ushbu platformadan foydalanishga Google Rlay do‘konidagi istalgan ilovadan foydalanish mumkin. Qurilma narxi 99 dollar.

 

Top