14:52 / 15.07.2016
4465

«Barselona» texnik direktori: «Hujumchi izlayapmiz»

«Barselona» jamoasi texnik direktori Robert Fernandes klubning transfer kampaniyasi haqidagi fikrlarini bildirib o‘tdi.

«O‘ng qanot himoyasi uchun bizda Vidal va Roberto bor, boshqa himoyachiga hojat yo‘q (Jamoani o‘ng qanot himoyachisi Dani Alves tark etgandi - tahr.). Biz bu futbolchilarga to‘la ishonamiz. Dinning transfer qilinishi zarurat edi.

Hujum chizig‘ini mustahkamlashni rejalashtirmoqdamiz. Hujumchi izlayapmiz. Birinchi navbatda yosh hujumchini.

Ter Stegenni ham, Bravoni ham tarkibda saqlab qolishni istaymiz. Bizda ikki nafar yuqori toifali darvozabon bor», — degan Fernandes.

Bundan oldinroq, «Barselona»  «Atletiko» hujumchisi Lusiano Vettoni sotib olishi haqida ma'lumotlar paydo bo‘lgandi.

Manba: Tribuna.uz

Top