Jahon | 21:20 / 15.07.2016
5321
2 daqiqa o‘qiladi

Buyuk Britaniya bosh vaziri favqulodda qo‘mita yig‘ilishini o‘tkazishni buyurdi

Google image

Buyuk Britaniyaning yangi bosh vaziri Tereza Mey Nitstsadagi terakt tufayli COBRA favqulodda qo‘mitasi yig‘ilishini o‘tkazishni buyurdi. 

"Men bugun milliy xavfsizlik kengashidagi o‘rinbosarimga favqulodda qo‘mita yig‘ilishini o‘tkazishni buyurdim", deb aytdi Mey.

Qo‘mita tarkibiga mamlakatning ichki ishlar vazirligi va maxsus xizmatlar vakillari kiradi. 

Mey Britaniya hukumati Nitstsadagi fojiada halok bo‘lgan yoki jarohat olgan britaniyaliklar bo‘lganini zudlik bilan aniqlashni buyurganini qo‘shimcha qilgan. Hozirgacha mamlakatning bir fuqarosi yarador bo‘lgani ma'lum. 

14 iyulda kechki payt Nitstsada Fransiya milliy bayrami – Bastiliyaning olinishi kunida salyut ko‘rgani yig‘ilgan odamlarni yuk mashinasi haydovchisi ataylab bosib ketgan. Hujum oqibatida ayni vaqtda 84 kishi halok bo‘lgan. 

Fevralda o‘tkazilgan so‘rovnoma ma'lumotlariga ko‘ra, 64 foiz fransuzlar Afrika va Yaqin Sharqdan kelgan muhojirlar Fransiyadagi jinoyatchilik darajasiga salbiy ta'sir ko‘rsatishini aytishgan. Bundan tashqari, so‘ralganlarning 67 foizining fikricha, mamlakat hukumati va OAV muhojirlar amalga oshirgan jinoyatlar haqida haqqoniy ma'lumot bermaydi.