18:26 / 15.07.2016
9484

Xitoyda temir yo‘l tarixida ilk bor rekord natija qayd etildi

Foto: Russian.News.Cn

Xitoyda 15 iyul kuni yangi temir yo‘l rekordi o‘rnatildi. Bu yerda ikkita parallel yo‘ldan harakatlanayotgan poyezdlar qarama-qarshi yo‘nalishda, bir-birlarining yonidan soatiga 420 km yoki sekundiga 117 metr tezlikda o‘tib ketishdi. Bungacha bu kabi holat temir yo‘l tarixida uchramagan edi.

Tajriba Chjenchjou magistralida  (Xenan provinsiyasi) – Syuychjou magistralida  (Tszyansu provinsiyasi) CRH seriyadagi ikki poyezd ishtirokida o‘tkazildi. Ushub seriyali poyezdlar Xitoyning o‘zida ishlab chiqarilmoqda. Tajriba  CRH poyezdlarini navbatdagi sinovdan o‘tkazdi. Bu haqda Xitoy temir yo‘l korporatsiyasi ilmiy-texnologik bo‘limi boshlig‘i Chjoy Li aytib o‘tgan.

Top