Kerri: Dunyo Rossiya va AQShning terrorizmga qarshi birlashishini kutmoqda
Moskvaga rasmiy tashrif bilan kelgan AQSh Davlat kotibi Jon Kerri Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov bilan uchrashuv vaqtida terrorizmga qarshi kurash masalasida gapirdi.
"Butun dunyo Rossiya va AQShning terrorizmga qarshi kurashda birgalikda zarur choralar ko‘rishini kutmoqda", degan Kerri.
Uning so‘zlariga ko‘ra, rasmiy Vashington va Moskva terrorizm tahdidi butunlay yo‘q bo‘lishi yo‘lida birgalikda qadam tashlab, zarur choralarni qo‘llashi kerak.
U Rossiya bilan nafaqat Suriya masalasida, balki boshqa qaynoq nuqtalar — Liviyadan tortib tan olinmagan Tog‘li Qorabog‘ masalasigacha muhokamalar o‘tkazilishi davom ettiriladi.
Ayni vaqtda Kremlda Putin, Lavrov va Kerri uchrashuvi o‘tkazilmoqda. Uchrashuvda Rossiya prezidenti yordamchisi Vladislav Surkov, AQSh Davlat kotibi yordamchisi va AQShning Rossiyadagi elchisi Viktoriya Nuland ham qatnashmoqda.
Bu 2015 yilning may oyidan beri Kerrining Rossiyaga uyushtirgan to‘rtinchi tashrifidir.