Kerri va Putin Suriya, Ukraina hamda boshqa jarayonlarda Rossiya-AQSh hamkorligi xususida suhbat qurdi
AQSh davlat kotibi Jon Kerri Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan Moskvada o‘tgan muzokaralar chog‘ida Suriya masalasini hal etishda aniq qadamning tashlanmasligi va diplomatiyaning kuchaytirmaslik holatlari uzoq vaqt davom etishi mumkin emasligini ma'lum qildi. Bu haqda 15 iyul kuni AQSh davlat departamenti ma'lumotiga asoslanib, Reuters xabar bermoqda.
Putin hamda Kerrining uchrashuvi uch soat davom etdi. Agentlik ma'lumotiga ko‘ra, tomonlar Rossiya tomoni IShID va “Jabhat an Nusra” terrorchilik tashkilotlariga nisbatan bosimni kuchaytirishi lozimligi yuzasidan suhbatlashishdi.
Davlat kotibining so‘zlariga ko‘ra, AQSh Rossiya bilan munosabatlar nafaqat Suriya va Ukraina masalasida, balki jarayonlar ketayotgan boshqa sohalarda ham “tinchlik sari yuzlangan”ligiga ishonadi.
O‘z navbatida, Putin AQSh prezidenti bilan bo‘lgan so‘nggi telefon suhbatida Obama Rossiya bilan hamkorlik qilishini ko‘rsatganligini ma'lum qildi.