09:46 / 15.07.2016
5113

Janubiy Sudan poytaxtida BMTning oziq-ovqat omborxonasi talon-taroj qilindi

Janubiy Sudan poytaxti Juba shahrida BMTning 4,5 tonna oziq-ovqat saqlanayotgan omborxonasi talon-taroj qilingan.

"O‘tgan haftada harbiy harakatlar boshlanguniga qadar omborxonada 4,5 tonna mahsulot bor edi. Bu keyingi 1 oy davomida 220 ming kishini boqish uchun yetardi. Omborxonada yuk mashinalari, elektrogeneratorlar va boshqa buyumlar ham saqlanardi", deyilgan xabarda.

BMT butundunyo oziq-ovqat dasturi bo‘yicha Janubiy Sudandagi vakil Joys Luma avvalgi shunga o‘xshash holat bo‘yicha aybdorlar topilgani va jazolanganini eslatib o‘tib, bu safar ham jinoyatni sodir etganlar tutilishiga umid bildirgan.

Janubiy Sudan 2011 yili Sudandan ajralib chiqqandi. 2013 yil dekabrida Salva Kiir qo‘zg‘olonchilarning sobiq yetakchisi, o‘zining o‘rinbosari Riyek Masharning lavozimidan bo‘shatishi Janubiy Sudanda mojaro kelib chiqishiga sabab bo‘ldi. Ikki siyosatchi o‘rtasidagi qarama-qarshilik tufayli ularning tarafdorlari, ikki xil millat vakillari o‘rtasida to‘qnashuvlar sodir bo‘lishi tezlik bilan avj oldi. Buning natijasida 10 mingga yaqin kishi halok bo‘ldi, 2,2 million aholi qochqinga aylandi.

2015 yilning avgustida tomonlar sulh tuzishgandi. Shu yilning yanvar oyidan boshlab ular milliy birlik o‘tish hukumati tuzishga kelishib oldi. 26 aprel kuni Mashar vitse-prezident lavozimiga qayta o‘tish uchun mamlakat poytaxti Juba shahrida qasamyod keltirdi.

28 aprel kuni prezident hukumatning yangi tarkibini e'lon qildi. Unga ko‘ra, Kiirning partiyasi Mudofaa va Moliya vazirliklarini, Mashar tarafdorlari esa Ichki ishlar vazirligi va neft ishlarini boshqaradi. Qolgan muxolifatchilar Tashqi ishlar vazirligi va Qishloq xo‘jaligi vazirliklarini boshqaradi. Yangi mahkama 24 iyun kuni qasamyod qilgandi.

Top