Jamiyat | 09:05 / 16.07.2016
5568
1 daqiqa o‘qiladi

AQShda 86 yoshli ayol 86-evaralik bo‘ldi

Foto: Kenny Frey

AQShning Ogayo shtatida yashovchi Mari Freyning 86 yoshida 86-evarasi tug‘ildi. Bu haqda People nashri xabar bermoqda

Nashrning ma'lum qilishicha, ayolning 15 nafar farzandi bo‘lib, u 68 nafar biologik va 6 nafar asrandi nabiralar buvisidir.

"Men atrofimga qarab, bizga qanchalik omad kulib boqqanini anglayman", deb aytadi ayol 86-evarasining tug‘ilishini nishonlash vaqtida o‘z oilasiga boqib. Ta'kidlanishicha, 2016 yilda Frey va uning turmush o‘rtog‘i yana 2 evaralik bo‘ladilar.

Ayolning aytishicha, uning barcha farzandlari yaqin munosabatlarda bo‘lib, bir-birlari bilan inoqlar. Ayolning nabiralaridan birining aytishicha, oilaning ko‘pchilik a'zolari Ogayoda yashaydilar, shuning uchun ular munatazam muloqot qilib turadilar, bayramlarda yig‘ilib turadilar.