Jahon | 05:16 / 16.07.2016
5917
1 daqiqa o‘qiladi
Anqara va Istanbul shaharlarida Erdo‘g‘an tarafdorlari ko‘chalarga chiqdi
Anqara va Istanbul shahrida istiqomat qiluvchi aholi mamlakat prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘anning chaqiruviga javoban ko‘chalarga chiqdi.
Erdo‘g‘an tarafdorlari davlat to‘ntarishiga qarshi ekanliklarini bildirishmoqda. Ba'zi nuqtalarda ular harbiylarga hujum qilgan va ulardan tanklarni olib ketishlarini talab qilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 16 iyulga o‘tar kechasi Turkiyada to‘ntarishga urinish yuz berdi. Harbiylar mamlakatdagi hokimiyatni o‘z qo‘liga olganini ma'lum qildi.
Oldinroq, Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an video murojaat orqali mamlakat aholisini ko‘chalarga chiqishga chaqirgandi.