Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 04:59 / 16.07.2016
6408
1 daqiqa o‘qiladi
Anqarada yana ikkita portlash sodir etildi
Turkiya poytaxti Anqarada yana ikkita kuchli portlash sodir bo‘ldi. Shahar ustida qiruvchi samolyotlar pastlab parvoz qilishda davom etmoqda, deya xabar beradi RIA Novosti.
Bundan oldin mahalliy nashrlar shaharda 2 marotaba kuchli portlash yuz bergani haqida xabar tarqatgandi. Ulardan biri Mudofaa vazirligi binosida, yana biri davlat telekanali TRT yaqinida portlagandi.
Eslatib o‘tamiz, 16 iyulga o‘tar kechasi Turkiyada to‘ntarishga urinish yuz berdi. Harbiylar mamlakatdagi hokimiyatni o‘z qo‘liga olganini ma'lum qildi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish