Jahon | 21:11 / 16.07.2016
12410
1 daqiqa o‘qiladi

Erdo‘g‘an Istanbuldan samolyotda noma'lum tomonga uchib ketdi

Turkiya prezidenti Rajab Erdo‘g‘an Istanbul aeroportidan noma'lum tomonga uchib ketdi. Bu haqda «Al-Jazira» telekanali ma'lum qilgan.

«Erdo‘g‘an Otaturk aeroportidan uchib ketdi»,- deyiladi telekanal twitter'ida.

Erdo‘g‘an ertalab Istanbul aeroportiga uchib kelgan va xalqqa murojaat qilar ekan harbiy to‘ntarish to‘xtatilishini ma'lum qilgandi.