12:08 / 16.07.2016
13942

HY274 reysidagi samolyot Istanbuldan Toshkentga uchib ketdi

Foto: AtaturkAirport.com

“O‘zbekiston havo yo‘llari” aviakompaniyasining HY274 reysidagi samolyoti Istanbuldan Toshkentga uchib ketdi. Boeing 767-400 samolyoti Istanbul vaqti bo‘yicha soat 9:04da, Toshkent vaqti bilan 11:04 da parvozni boshlagan.

Kompaniyaning “Kun.uz”ga bergan ma'lumotiga ko‘ra, reys 15:00da Toshkentga yetib keladi.

Shuningdek, aviakompaniya bugun, 16 iyul kuni soat 17:50 Toshkentdan Istanbulga uchadigan HY273 reysi bekor qilinmagani ma'lum qildi.

Ma'lumot uchun, HY274 reysi Turkiyadagi harbiy davlat to‘ntarishiga bo‘lgan harakat va Istanbuldagi Otaturk aeroportining yopilishi sababli 9 soatdan ko‘proqqa kechikkan edi.

Top