Jahon | 06:02 / 16.07.2016
7087
1 daqiqa o‘qiladi

Istanbulda davlat to‘ntarishi amalga oshirishda ishtirok etgan 4 harbiy qo‘lga olindi

Istanbul shahri politsiyachilari Turkiya Qurolli kuchlarining 4 nafar harbiysini qo‘lga olgan. Bu harbiylar mamlakatda harbiy to‘ntarishda ishtirok etgan.

Anado‘li axborot agentligi tarqatgan xabarga ko‘ra, ular TRT davlat telekanalini qo‘lga olishga uringandi. Nashrning aniqlik kiritishicha, qo‘lga olinganlardan biri - polkovnik.

16 iyulga o‘tar kechasi Turkiyada to‘ntarishga urinish yuz berdi. Harbiylar bayonotiga ko‘ra, ular mamlakatdagi hokimiyatni o‘z qo‘liga olgan.

Ayni vaqtda Istanbuldagi Otaturk nomidagi xalqaro aeroport yopib qo‘yilgan. Turkiya davlat teleradiokanallari faoliyati to‘xtatilgan, internetga kirish cheklangan.