Fan-texnika | 15:41 / 16.07.2016
9239
2 daqiqa o‘qiladi

Koinotning eng yirik uch o‘lchamli xaritasi taqdim etildi

Foto: Jeremy Tinker / SDSS-III

Astrofiziklar xalqaro jamiyati Koinotning bugungi kundagi eng yirik va to‘liq uch o‘lchamli xaritasini yaratdi. Tadqiqot Monthly Notices of the Royal Astronomical Society jurnalida batafsil yoritilgan. U haqida Maks Plank Jamiyatining Fizika instituti (Germaniya) ma'lumotiga tayanib, lenta.ru nashri xabar berdi. 

Yangi xarita 1,2 million galaktikani o‘zida birlashtirgan bo‘lib, u 2-7 milliard yil avvalgi yulduzlar tizimi evolyutsiyasini kuzatish imkonini beradi. 

Xarita samoning taxminan chorak qismini qamrab olgan, uning yordamida Koinot energiyasi va qorong‘u materiyaning bugungi kundagi eng aniq o‘lchamini amalga oshirishga muvaffaq bo‘lindi. 

Olimlar xaritani tuzish uchun BOSS (Baryon Oscillation Spectroscopic Survey) dasturidan foydalanishdi. 

U Katta portlashdan keyin 400 million yil o‘tib, Koinotning kengayish templarini barion akustik tebranish yordamida aniqlashga imkon yaratadi. 

Olingan ma'lumotlar koinotning standart modeli bilan to‘liq muvofiqlashgan. 

Teglar: xarita, koinot, o‘lchamlar, samo