22:36 / 16.07.2016
21787

Pokistonlik model ochiq suratlari sabab ukasi tomonidan o‘ldirildi

Pokistonlik model Kandil Balochni Panjob provinsiyasidagi uyidan o‘lgan holda topishdi. Qiz tug‘ishgan ukasi Vasim tomonidan bug‘ib o‘ldirilgan, deb xabar bermoqda OAV. Politsiyaning ishonch bildirishicha, 26 yashar model internetda e'lon qilingan ochiq fotosuratlari sabab o‘ldirilgan.

Balochning ota-onasi opa-uka 15 iyul kuni janjallashib qolishgan. Ammo qizlarining jasadini 16 iyul tongda topib olishgan. Marhumning ota-onasi so‘roq uchun qo‘lga olingan.

Vasim esa yashirinishga ulgurgan, ayni paytda politsiya uni qidirmoqda.
Ma'lumot uchun: Balochni amerikalik Kim Kardashyanga qiyoslashar edi. Mamlakatdagi ko‘pchilik uni qo‘llab-quvvatlagan.

Top