Jamiyat | 21:48 / 16.07.2016
14934
1 daqiqa o‘qiladi

Uning miyasi 90 foiz suyuqlikdan iborat, biroq u yashamoqda

Uning miyasini skanerlash jarayoni tasodifan yuz berdi. U shifoxonaga chap oyog‘ining yaxshi ishlamayotganidan shikoyat qilib keldi, biroq vrach uni tomogrammaga tushishga yubordi. Tomogramma natijalari shuni ko‘rsatdiki,  erkakning bosh chanog‘i to‘liqligicha suyuqlik bilan to‘lgan ekan. Faqatgina kichkina joydagina miya qatlami saqlanib qolgan ekan, xolos.

Suratdagi chap tomonda uning bosh miyasi tomogrammasi ko‘rsatilgan. Unda bosh chanoqning suyuqlik bilan to‘laligiga guvoh bo‘lish mumkin. Taqqoslash uchun, odatiy miya tomogrammasi o‘ng tarafda joylashtirilgan.