Jahon | 18:15 / 17.07.2016
6334
2 daqiqa o‘qiladi

AQShda axborot texnologiya industriyasining 100 dan ortiq yetakchisi Tramp nomzodiga qarshi chiqmoqda

Google image

AQShning axborot texnologiya sohasida faoliyat yurituvchi turli kompaniyalarining 100 dan ko‘proq vakili Donald Trampning AQSh prezidenti lavozimiga nomzodiga qarshi chiqishmoqda. Bu haqdagi ochiq maktub Medium blog-platformasida joylashtirildi. Respublikachilar partiyasining Tramp rasmiy nomzod etib tayinlanadigan qurultoyi 18 iyulga belgilangan.
 
Maktub ostiga imzo chekkan tadbirkorlar, ixtirochilar, investorlar va olimlar milliarder nomzodi texnologik soha shakllanadigan tamoyillarga mos kelmasligini aytishmoqda, bu esa fikrlarni erkin ifodalash, yangi ishchilarga ochiqlik, barchaga teng imkoniyatlar, tadqiqot va infratuzilmaga davlat investitsiyalari hamda huquqning ustuvorligidir.

"Biz oxirgi yil Donald Trampni eshitdik va u innovatsiyalar uchun falokat bo‘ladi, degan xulosaga keldik. Uning qarashlari g‘oyalar bilan ochiq almashish, odamlarning erkin harakatlanishi va tashqi olam bilan sermahsul o‘zaro ta'sir g‘oyasiga zid keladi. buning hammasi esa iqtisodiyotimiz uchun muhim ahamiyatga ega hamda innovatsiya va o‘sishning asosini ta'minlaydi", deyilmoqda maktubda.

Shuningdek, maktubda Trampning immigratsiyaga munosabati va ksenofob so‘zlari tanqid qilingan. Maktub ostiga bir necha o‘nlab texnologik kompaniyalar, jumladan Hyperloop One, Flickr, Bitly, Tumblr, SUN Microsystems, Samsung, Google, Twitter, Tinder, Zynga, eBay, Reddit, Instagram va Snapchat rahbarlari, tom-menejyerlari va hamasoschilari imzo qo‘yganlar.