17:37 / 17.07.2016
4217

Amazon ma'lumot bazasini Italiyaga ko‘chirishi mumkin

Foto: rambler.ru

AQShning mashhur internet-riteyleri Amazon o‘zining ma'lumot bazasini Italiyaga ko‘chirishi mumkin. Bu haqda RNS xabar bergan.

Manbada aytilishicha, internet-gigant o‘zining ma'lumotlar bazasini Italiyadagi Enel konserniga tegishli elektrostansiyalarga ko‘chirishni rejalashtirmoqda. Amazon bu stansiyalardan bir nechtasini sotib olmoqchi.

Enel konsernining butungi kunda Italiya bo‘ylab 22ta elektrostansiyasi mavjud bo‘lib, korxona rahbari Enrike Vialening ta'kidlashicha, Enel eskirgan zavodlarini yopishi mumkin.

Top