Jahon | 01:40 / 17.07.2016
10151
1 daqiqa o‘qiladi

Erdo‘g‘an: Turkiya o‘lim jazosiga taqiqlovni bekor qilishi mumkin

Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an mamlakat parlamenti davlat to‘ntarishiga urinishdan keyin o‘lim jazosiga taqiqlovni bekor qilishni muhokama qilishga qaytishi mumkinligini aytdi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.  

Turkiya prezidenti bunday bayonotni o‘z tarafdorlari namoyishidagi nutqida aytib o‘tdi.

Avvalroq turk hukumati o‘lim jazosini qaytarishni taklif qilgandan keyin tvitterda  #Idamistiyorum ("Men o‘lim jazosi qaytishini istayman") xeshtegi ommaviylashayotgani ma'lum qilingandi.