Sport | 11:28 / 17.07.2016
5866
1 daqiqa o‘qiladi

Gari Lineker: «Kanteni olgan «Chelsi» endi chempion bo‘ladi»

Angliya terma jamoasining sobiq futbolchisi Gari Lineker «Lester» yarim himoyachisi Ngolo Kantening «Chelsi»ga o‘tganiga munosabatini bildirdi. Uning fikricha Kante londonliklarga APL chempionligini qaytaradi.

«Kantening ketishi muqarrar edi. U juda zo‘r futbolchi, endi aytish mumkinki, «Chelsi» chempion bo‘ladi»,  — deya yozgan Lineker o‘z tvitterida.

«Chelsi» 16 iyul kuni Kantening transferini rasmiylashtirdi. Xabarlarga ko‘ra, futbolchi 30 mln funt evaziga sotib olingan.

Manba: Tribuna.uz

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish