OAVga Nitstsa terakti bo‘yicha yangi tafsilotlar ma'lum bo‘ldi
Nitstsada 14 iyul kuni kechqurun terakt sodir etgan Muhammad Luxuayej Buxlel o‘z maqsadini amalga oshirishga jiddiy tayyorlangan. Europe 1 telekanali xabariga ko‘ra, u Lazur qirg‘og‘iga 12 va 13 iyul kunlari kelib, vaziyatni o‘rgangan.
"Tekshiruvlar vaqtida politsiya Muhammad Luxuayej Buxlelning o‘z maqsadiga sinchkovlik bilan tayyorgarlik ko‘rgani aniqlandi... U o‘z maqsadini amalga oshirishni rejalashtirgan hududni o‘rganish uchun 12 iyul va 13 iyul kunlari bu yerga kelgan. Ko‘chalardagi kuzatuv kameralarida u yuk mashinasida mahalliy hududni diqqat bilan o‘rganayotgani aks etgan", deyilgan telekanal sayti xabarida.
Eslatib o‘tamiz, 14 iyul oqshomida Bastiliya qal'asining olinishi munosabati bilan uyushtirilgan bayram tadbirlari doirasida mushakbozlikni tomosha qilgani Nitstsaning Ingliz sohiliga yig‘ilgan olomon ustiga yuk mashinasi bosib borgan. Hujum oqibatida 84 kishi halok bo‘lgan, jarohatlanganlarning aksariyati og‘ir ahvolda.
Bundan oldinroq, ushbu shaxs o‘z oilasiga 110 ming dollar jo‘natgani haqida xabar paydo bo‘lgandi.
Shuningdek, terrorchi fojiadan biroz avval oilasiga baxtli ekanligini yozib yuborgani aniqlandi.