Jahon | 01:35 / 17.07.2016
8041
2 daqiqa o‘qiladi

Pentagon Injirlik aviabazasidan foydalanishga taqiqlovdan keyin IShIDga qarshi operatsiyalariga tuzatishlar kiritmoqda

Javobgarlik sohasiga avvalambor Yaqin Sharq mintaqasi kiruvchi AQSh qurolli kuchlarining markaziy qo‘mondonligi SeNTKOM) Turkiya hukumatining mamlakat harbiy-havo kuchlarining Injirlik bazasidan IShID jangarilari pozitsiyalariga zarba berishda foydalanishni taqiqlagandan keyin IShIDga qarshi operatsiyalariga tuzatish kiritmoqda. Bu haqda 16 iyulda Pentagon tarqatgan xabarda aytilgan.     

"Turkiya hukumati mamlakat havo hududini harbiy samolyotlar uchun yopib qo‘ydi. AQSh HHKning Injirlik aviabazasidan operatsiyalari to‘xtatildi. SeNTKOM taqiqlovdan salbiy oqibatlarni minimumga keltirish uchun IShIDga qarshi operatsiyalarga tuzatish kiritmoqda", deyilgan xabarda.

"Biz turk hukumati bilan operatsiyalarni iloji boricha tezroq boshlash bo‘yicha maslahatlashuvlar olib bormoqdamiz", deb aytildi Pentagonda.

Pentagonda aviabazaga elektr uzatish to‘xtatilganiga qaramasdan, harbiylar ichki manbalardan olinayotgan elektr energiyasidan foydalanayotganlari ta'kidlab o‘tilgan. "Elektr ta'minotining to‘xtatilishi baza faoliyatiga ta'sir ko‘rsatmadi", deyildi xabarda. Amerikalik harbiylarga hech narsa xavf solmayapti.