Jahon | 16:27 / 17.07.2016
6739
1 daqiqa o‘qiladi

Putin va Erdo‘g‘an tez orada ko‘rishadi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin hamda Turkiya prezidenti Rajab Erdo‘g‘an telefon orqali gaplashdi. Suhbat davomida Rossiya prezidenti Turkiyadagi xunrezliklar munosabati bilan Erdo‘g‘anga hamdardlik bildirdi.

Putin va Erdo‘g‘an tez orada o‘zaro uchrashuv o‘tkazishlari haqida ma'lum qilishgan, lekin uchrashuv qachon qayerda bo‘lishi aniq emas. Kreml davlat rahbarlari yaqin vaqt ichida uchrashishlari mumkinligi haqida xabar qildi.

Putin muloqot davomida «Rossiya davlat hayotida aksilkonstitutsiyaviy harakatlar va zo‘ravonlikka mutlaqo yo‘l qo‘ymaslik tamoyilini qo‘llab-quvvatlashi»ni ta'kidladi. Harbiy to‘ntarishdan keyin mamlakatda tez orada tartib va barqarorlik tiklanishiga ishonch bildirdi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish