Jahon | 00:18 / 17.07.2016
6286
1 daqiqa o‘qiladi

Saudiya Arabistoni TIV rahbari: “Turkiya hukumati mamlakatda tartibni tiklashiga ishonamiz”

Turkiya hukumati bir muncha vaqt talab etilsada, mamlakatda tartibni joriy etadi va bunga hech qanday shubha yo‘q. Bu haqda AQShning CNN telekanaliga bergan intervyusida Saudiya Arabistoni TIV rahbari Odil al Jubayr aytib o‘tgan.

“Turkiyadagi davlat to‘ntarishiga urinish mamlakatning AQSh boshliq koalitsiya tarkibida Iroq va Suriyadagi IShID terrorchilik tashkilotiga qarshi kurashiga xalaqit beradimi-yo‘qmi?”, degan savolga al Jubayr shunday javob qilgan: “O‘ylaymanki, yo‘q”.

Qirollik TIV rahbari yana shuni qo‘shimcha qildiki: “Bizning Turkiya bilan aloqalarimiz juda yaxshi. Ayni paytda biz xavfsizlik, terrorizmga qarshi kurash va Suriya muxolifatini qo‘llab-quvvatlash borasida faoli hamkorlik olib bormoqdamiz”.