Sobiq tennischi Marat Safin AQSh Xalqaro tennis shon-shuhrati zaliga kiritilgan birinchi rossiyalik bo‘ldi
Dunyoning sobiq birinchi raketkasi Marat Safin AQSh Xalqaro tennis shon-shuhrati zaliga kiritilgan birinchi rossiyalik bo‘ldi.
Bu voqeaga bag‘ishlangan marosim Nyuport shahrida (Rod-Aylend shtati) bo‘lib o‘tdi.
"Bu albatta katta syurpriz, juda yoqimli. Bu men uchun jiddiy narsadir. Tennisda o‘z davlatingni taqdim qilish yoqimli", deb aytdi Safin TASS axborot agentligi muxbiriga.
"Davlatim uchun xursandman, meni voyaga yetkazgan davlatimga rahmat", deb qo‘shimcha qildi Marat. Safin shuningdek Rossiyada tennisning rivojlanishi uchun ko‘mak berish istagini bildirdi.
Rossiyalikdan tashqari tennis shon-shuhrati zaliga belgiyalik ayol tennischi Jyustin Enen ham kiritildi. Ular uchun muzey majmuasida maxsus ekskursiya uyushtirildi.
Safin "Katta dubulg‘a" musobaqalarining ikki karra g‘olibi (2000 yilgi AQSh va 2005 yilgi Avstraliya Ochiq chempionatlari), ikki marotaba Rossiya terma jamoasi tarkibida Devis kubogi (2002, 2006) sohibi bo‘lgan. Umumiy hisobda rossiyalik Professional tennischilar uyushmasining (ITP) 15 ta musobaqasini yutgan. 2009 yilda faoliyatini yakunlaganda dunyoning 61-raketkasi bo‘lgan.