Sport | 18:11 / 18.07.2016
11470
2 daqiqa o‘qiladi

Bokschi Fyuri tvitterida noan'anaviy jinsiy oriyentatsiyasi haqida yozdi

Jahon boks assotsiatsiyasi (WBA) va Jahon boks tashkiloti (WBO) versiyalari bo‘yicha super og‘ir vaznda jahon chempioni Tayson Fyuri sensatsion ravishda tvit qoldirdi. U tvitterdagi rasmiy sahifasiga o‘zining noan'anaviy jinsiy oriyentatsiyasi haqida yozgan.

"Shuni tan olishni istardimki, men geyman", deya yozgan bokschi.

Uning bu tviti jiddiy ma'noda yoki hazilomuz ohangda ekani aniq emas.

Manchesterda yashovchi 27 yoshli bu bokschi 2008 yilning dekabrida ancha yillik munosabatlari bo‘lgan Peris ismli qizga uylangan. Ularning Venesuela ismli qizi va Prins ismli o‘g‘li bor.

Fyuri–Klichko o‘rtasidagi revansh jangi 29 oktabrida Manchester shahrida bo‘lib o‘tadi. Jang 9 iyul kuniga belgilangandi, lekin Fyuri jarohati tufayli jangni qoldirdi.

Bokschilar o‘rtasida 2015 yil noyabrida Germaniyada o‘tkazilgan 12 raundli jangda dastlabki jangda hakamlarning yakdil qaroriga ko‘ra britaniyalik bokschi g‘alaba qozongan edi.