15:38 / 18.07.2016
10981

Yevropaning eng yaxshi futbolchisi bo‘lish uchun 10 nomzod ma'lum qilindi

UYeFA 2015-16 yilgi mavsum bo‘yicha Yevropaning eng yaxshi futbolchisi bo‘lish uchun da'vogar 10 futbolchi nomini ma'lum qildi. 

Tashkilot tarkibidagi ligalar vakillari bo‘lgan 55 nafar jurnalistning ovoz berishidan keyin quyidagi futbolchilar yakuniy o‘ntalikdan joy oldi (ismlar alifbo tartibida keltirilgan):  Garet Beyl (Uels, "Real"), Janluidji Buffon (Italiya, "Yuventus"), Antuan Grizmann (Fransiya, "Atletiko"), Toni Kroos (Germaniya, "Real"), Lionel Messi (Argentina, "Barselona"), Tomas Myuller (Germaniya, "Bavariya"), Manuel Noyyer (Germaniya, "Bavariya"), Pepe (Portugaliya, "Real"), Krishtianu Ronaldu (Portugaliya, "Real"), Luis Suares (Urugvay, "Barselona").

Quyidagi futbolchilar esa yakuniy ro‘yxatga kira olmadi: Riyoz Mahrez (Jazoir, "Lester"), Jyeymi Vardi (Angliya, "Lester"), Dimitri Payye (Fransiya, "Vest Hem"), Jyerom Boateng (Germaniya, "Bavariya"), Arturo Vidal (Chili, "Bavariya"), Luka Modrich (Xorvatiya, "Real"), N'Golo Kante (Fransiya, "Lester"), Zlatan Ibrahimovich (Shvetsiya, "PSJ"/"Manchester Yunayted"), Eden Azar (Belgiya, "Chelsi"), Andres Inesta (Ispaniya, "Barselona"), Neymar (Braziliya, "Barselona"), Renatu Sanchesh (Portugaliya, "Benfika"/"Bavariya"), Robert Levandovski (Polsha, "Bavariya"), Gonsalo Iguain (Argentina, "Napoli"), Jorjio Kellini (Italiya, "Yuventus"), Diyego Godin (Urugvay, "Atletiko"), Uill Grigg (Shimoliy Irlandiya, "Uigan"), Pol Pogba (Fransiya, "Yuventus"), Tobi Alderveyreld (Belgiya, "Tottenhem"), Per-Emerik Obameyang (Gabon, "Borussiya" D), Kevin De Bryuyne (Belgiya, "Manchester Siti"), Kevin Gameyro (Fransiya, "Sevilya"), Gjyegoj Krixovyak (Polsha, "Sevilya"/"PSJ"), Blez Matyuidi (Fransiya, "PSJ"), Jorj-Kevin N'Kudu (Fransiya, "Marsel"), Yan Oblak (Sloveniya, "Atletiko").

OAV vakillari o‘rtasida ovoz berishning ikkinchi bosqichi ham o‘tkaziladi va g‘olib 25 avgust kuni, Monakoda YeChLning guruh bosqichiga qur'a tashlash marosimi vaqtida ma'lum qilinadi.

Manba: Tribuna.uz

Top