Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jamiyat | 15:54 / 19.07.2016
3335
1 daqiqa o‘qiladi
Angliyaning Linkolnshir grafligida otishma: Qurbonlar bor
Noma'lum shaxs Angliyaning Linkolnshir grafligida joylashgan Spalding shahrida otishma keltirib chiqardi. Otishma Pinchbek-roud ko‘chasidagi Castle nomli sport komleksi hududida ro‘y bergan. Bu haqda Sky News xabar tarqatdi.
Ayni vaqtda 3 kishi halok bo‘lgani haqida ma'lum qilingan.
Politsiya ma'lumotiga ko‘ra, voqeada terakt alomatlari qayd etilmagan. Shuningdek, politsiyachilar bu otishmada ishtirok etmagani ma'lum qilingan.
Ayni vaqtda sport kompleksi yopib qo‘yilgan.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish