Sport | 00:54 / 19.07.2016
4360
1 daqiqa o‘qiladi

Butunjahon aksildoping agentligi Rossiya sport vazirining iste'fosini talab qilmoqda

Butunjahon aksildoping agentligi (VADA) Vitaliy Mutkoni Rossiya sport vaziri lavozimidan bo‘shatib yuborishni talab qilmoqda. Bu haqda agentlik matbuot-bayonotida aytilmoqda. 

"Ma'ruza mualliflari uchun FIFA ijroiya qo‘mitasi a'zolaridan biri, Rossiya sport vaziri Vitaliy Mutkoning doping tizimida o‘ynagan roli yana bitta kashfiyot bo‘ladi. Maklaren hisoboti RUSADA kamida VADA kodeksiga mosligining tan olinishini ma'ruzada eslab o‘tilgan, Rossiya sport vazirligi va boshqa davlat tashkiloti va muassasalaridagi, shu jumladan Rossiya aksildoping agentligidagi barcha shaxslar o‘z lavozimlarini bo‘shatmagunlaricha ko‘rib chiqib bo‘lmaydi", deyilmoqda hisobotda.  

VADA ma'ruzasi 18 iyulda omma ixtiyoriga taqdim qilindi. Agentlik rahbari Richard Maklaren RUSADAga nisbatan ko‘plab ayblovlar qo‘ydi, biroq shu bilan birga Rossiya Olimpiya terma jamoasining diskvalifikatsiyasi bo‘yicha tavsiyalar bermadi.