Jamiyat | 19:54 / 19.07.2016
8728
1 daqiqa o‘qiladi
Erdo‘g‘an FaceTime orqali favqulodda chiqish qilgan smartfon uchun 266 ming dollar taklif qilindi
Saudiya arabistonilik tadbirkor Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an favqulodda chiqish qilgan smartfonni sotib olmoqchi. Bu haqda Turkiyaning Cumhuriyet gazetasi xabar bergan.
Manbada aytilishicha, tadbirkor bu telefonni «ozodlik telefoni» deb atagan va smartfon uchun 266 ming dollar (1 million Saudiya riali) taklif qilgan.
Erdo‘g‘an davlat to‘ntarishi boshlangandan keyin FaceTime dasturi orqali aholiga favqulodda chiqish qildi. Chunki o‘sha vaqtda barcha telekanallar egallab olingan va ishlamayotgan edi. Shu sabab Erdo‘g‘anning chiqishi uchun internet kanallar va smartfondan foydalanishga majbur bo‘lishdi.