Jahon | 22:28 / 19.07.2016
10709
1 daqiqa o‘qiladi
Yerevanda qurolli guruh bilan muzokaralar davom etmoqda
Armaniston huquq-tartibot organlari xodimlari 18 iyul tongida Yerevanda politsiya binosiga hujum qilib, odamlarni garovga olgan qurolli guruh bilan muzokaralarni davom ettirmoqda. Bu haqda respublika Milliy xavfsizlik xizmati ma'lumot tarqatgan.
"Armaniston huquq-tartibot organlari vakillari ayni vaqtda qurolli guruhni taslim qilish va garovdagilarni ozod etish uchun muzokaralarni davom ettirmoqda", deyilgan xabarda.
Shuningdek, qon to‘kilish oldini olish maqsadida keskin harakatlardan tiyilayotgani ma'lum qilingan.
Bundan tashqari, maxsus xizmat vakillari boshqa sohaga ixtisoslashgan tashkilotlarni jarayonga aralashib, xalaqit bermaslikka chaqirdi.