18:38 / 19.07.2016
5198

“Ijro zavqi” musiqa festivalining Toshkent shahar bosqichi bo‘lib o‘tdi

Google image

O‘zbekistonda yosh iste'dodlarni kashf etish, ularga o‘z qobiliyatini namoyon qilishi uchun munosib shart-sharoitlar yaratib berish, qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirib borishda “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatining o‘rni va ahamiyati katta. Bugungi kunda Toshkentda Harakatning 684 dan ortiq boshlang‘ich tashkiloti yoshlarning huquq va manfaatlarini ta'minlashga xizmat qilmoqda.

Toshkent shahar hokimligining 2015 yil 30 dekabrdagi “Toshkent shahrida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishgan qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 241-f-sonli farmoyishi ijrosini ta'minlash, jonli ijro mahoratiga ega faol, iqtidorli va tashabbuskor yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida 2016 yilning 19 iyul kuni “Yoshlar ijod saroyi”da “Ijro zavqi” musiqa festivalining Toshkent shahar bosqichi bo‘lib o‘tdi. 

Tanlovni tashkil etishdan asosiy maqsad – mamlakatimizda yosh avlodni barkamol qilib voyaga yetkazish, iqtidor va iste'dod sohiblari bo‘lgan yoshlarga g‘amxo‘rlik ko‘rsatish, qo‘llab-quvvatlash, ijod va bilim cho‘qqilarini egallashlari, intellektual salohiyatlarini ro‘yobga chiqarishga ko‘mak berish, yoshlarni moddiy va ma'naviy jihatdan rag‘batlantirib borishdan iborat.
Tanlov ishtirokchilarining jonli ijro mahoratini elimiz suygan san'atkorlar, estrada yulduzlari, shoirlar va mutahassislardan iborat hakamlar hay'ati a'zolari tomonidan adolatli baholab borildi
Mazkur ko‘rik-tanlovning mahalliy bosqichlarida 14-30 yoshgacha jonli ijro mahoratiga ega bo‘lgan qobiliyatli 120 nafardan ortiq yoshlar  ishtirok etib Toshkent shahar bosqichida 12 nafar yoshlar bellashdilar.

Ko‘rik-tanlovda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan ishtirokchilar “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Toshkent shahar Kengashi tomonidan maxsus diplom va qimmatbaxo sovg‘alar bilan taqdirlandilar.

Top